Moskvadagi gʻalaba paradi: kimlar keladi?
Bu yil Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi nishonlanadi.

2025 yil 9 may kuni Moskvada Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligini nishonlash uchun koʻplab davlatlardan rasmiylar va vakillar kelishi kutilmoqda.
Tadbir Moskvadagi “Qizil maydon”da boʻlib oʻtadi va unda 17 ta davlat rahbarlari ishtirok etadi.
Ulardan biri Xitoy prezidenti Si Szinpin boʻlib, uning Moskvaga tashrif buyurishi Rossiya elchisi Igor Morgulov tomonidan 10 fevralda maʼlum qilingan. “Bu anʼana bizning Xitoy bilan aloqalarimizni yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, Xitoy prezidenti ham taklifimizni qabul qildi”, — deya maʼlum qilgan u Rossiya 24 telekanali orqali.
Shuningdek, Vladimir Putin ham Xitoyning Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalabaning 80 yilligini nishonlash uchun Xitoyga tashrif buyurishini eʼlon qilgan edi.
Tadbirga shuningdek Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Braziliya prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya bosh vaziri Roberto Fitso, Bosniya va Gersegovina Respublikasi tarkibidagi Serb respublikasi Milarad Dodik, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Gurbanguli Berdimuhamedovlar tashrif buyurishadi.
Bundan tashqari, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, Kuba prezidenti Miguel-Diaz Canel, Burkina-Faso prezidenti Ibroxim Traore, Vetnam Kommunistik partiyasi bosh kotibi To Lam, Moʻgʻuliston prezidenti Uxnagiyn Xurelsux, Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Isroil elchisi Simon Halperin ham tadbirda mehmon boʻladi.
AQSh prezidenti Donald Trump gʻalaba paradida ishtirok etadimi? Ushbu savol hozircha javobsiz qolmoqda. Avvalroq AQSh tomoni bu maʼlumotni rad etgandi.