platina.uz
Iqtisod

Andijonda qariyb 6 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Yil yakuniga qadar umumiy 305 ming nafar aholini daromadli ish bilan taʼminlash maqsad qilingan.

Andijonda qariyb 6 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025 yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan taʼminlangan.

Andijonda qariyb 6 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Umuman, 2025 yilda 5 milliard 700 million dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish oʻrni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yoʻlga qoʻyilib, 1,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Korxonalarni barqaror energiya bilan taʼminlash uchun 65 megavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.

Bu ishlarni davom ettirib, yil yakuniga qadar umumiy 305 ming nafar aholini daromadli ish bilan taʼminlash maqsad qilingan.

Andijonda qariyb 6 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Taqdimotda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 2025 yilda iqtisodiy oʻsish surʼati 5,5 foizga yetishi kutilmoqda.

Prezident mutasaddilarga loyihalarni oʻz vaqtida bajarib, aholini daromadli ish bilan taʼminlash, ishsizlarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid