platina.uz
Jamiyat

Xorvatiyada ogʻir tan jarohati olgan oʻzbekistonlik ortga qaytarildi

U oʻtgan yili noyabr oyida YTHga uchragan va Zagreb shahridagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. 

Xorvatiyada ogʻir tan jarohati olgan oʻzbekistonlik ortga qaytarildi

Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Xorvatiyada ogʻir tan jarohati olgan yurtdoshimizning vatanga qaytishiga amaliy yordam koʻrsatishdi. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.

Elchixona maʼlumotiga koʻra, N.S. 2024 yilda ishlash uchun Zagreb shahriga kelgan. Oʻtgan yil 29 noyabr kuni u yoʻl transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohati olgan va Zagreb shahridagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. Bemor oʻtgan vaqt davomida doimiy tarzda shifokorlar nazoratida boʻldi.

Oʻzbekiston elchixonasi voqea sodir boʻlgan dastlabki kunlardanoq vaziyatni nazoratga oldi. Diplomatik missiya shifokorlar va shifoxona vakillari bilan hamyurtimizning ahvoli yuzasidan muloqot qilib turdi. Jabrlanuvchining oila aʼzolari bilan ham yaqin muloqot oʻrnatildi va bemorning ahvoli toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar taqdim etildi.

Bemorning murakkab ahvoli inobatga olinib, diplomatik vakolatxona tashabbusi bilan, Migratsiya agentligi va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻmagida yuqori malakali tibbiyot mutaxassisi Xorvatiyaga olib kelindi.

Barcha jalb qilingan tuzilmalarning muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari tufayli N.S. 11 aprel kuni Oʻzbekistonga muvaffaqiyatli yetkazildi. Vatanga yetib kelgach, u ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan va kerakli davolanishni davom ettirmoqda.

Bemorning davolanishi uchun ketgan toʻlovlar sugʻurta kompaniyasi va ish beruvchi tomonidan qoplangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid