platina.uz
Jamiyat

Xorij fuqarosi sabab "Uzbekistan Airways"ga chora koʻrildi

Aviakompaniya yoʻlovchi sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutensiz) ovqatni yetkazib bermagan. 

Xorij fuqarosi sabab "Uzbekistan Airways"ga chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasiga Turkiya fuqarosi tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasining Anqara–Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutensiz) ovqat yetkazib berilmaganligi taʼkidlangan.

Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonining sanitariya-gigiyena holati talabga javob bermagani – yoʻlovchi oʻtirgan joyda oldingi reysdan qolgan chiqindilar mavjudligi ham koʻrsatib oʻtilgan.

Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan edi. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.

Qoʻmita tomonidan "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasiga yuborilgan soʻrov boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan.

Natijada yoʻlovchi haq ekanligi, maxsus ovqatni Anqara aeroportidagi keytering xizmati tomonidan yetkazib berilmaganligi tasdiqlandi.

Natijada, yoʻlovchiga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararni qoplash maqsadida aviakompaniya tomonidan isteʼmolchining keyingi reysida xizmat koʻrsatish klassini biznes-klassga oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi va manfaati himoya qilinishi taʼminlandi.

Shu bilan birga, samolyot salonidagi sanitariya-gigiyena holati boʻyicha ham masʼul tashkilotga qoʻshimcha nazorat choralari oʻrnatilishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid