platina.uz

UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

Kongressning diqqat markazi UZTELECOMning barqaror oʻsishi va u yetakchilik koʻrsatayotgan yoʻnalishlar – innovatsion xizmatlar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va kiberxavfsizlik masalalariga qaratilgan.

Biznes
14-aprel, 17:30
UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

14-15 aprel kunlari Toshkentda raqamli texnologiyalar sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri – Xalqaro ulgurji telekommunikatsiya kongressi (IWTC) oʻtkazilmoqda.

Oʻnlab mamlakatlardan telekommunikatsiya bozorining yetakchi vakillari ishtirok etayotgan Kongress ikkinchi bor Oʻzbekistonda oʻtkazilmoqda va uni tashkil etishda yana mamlakatning yirik operatori hamda Oʻzbekistondagi raqamli oʻzgarishlar harakatlantiruvchisi boʻlgan UZTELECOM asosiy vazifani bajarmoqda.

Kompaniya nafaqat IWTCning asosiy hamkori va tashkilotchisi, balki barcha muhokamalar, panel sessiyalari va B2B uchrashuvlarining faol ishtirokchisi sifatida qatnashmoqda.

Kongressning diqqat markazi UZTELECOMning barqaror oʻsishi va u yetakchilik koʻrsatayotgan yoʻnalishlar – innovatsion xizmatlar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va kiberxavfsizlik masalalariga qaratilgan.

Maʼlumot uchun, kongress 120 dan ortiq mamlakatdan 2300 dan ziyod operatorni jamladi – bu yangi gʻoyalar, strategik hamkorliklar va global miqyosda tajriba almashish imkoniyatidir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+