Tojikistonda ikki kun ichida ketma-ket kuchli zilzilalar yuz berdi
Natijada oʻndan ortiq uy vayron boʻlgan va bir kishi vafot etgan.

Tojikistonda 13-14 aprel kunlari zilzilalar yuz berdi.
Dastlabki yer silkinishining epitsentrda sezilish kuchi 7 ballni tashkil etdi.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
Fargʻona viloyatida 3 ball, 164 km.
Namangan viloyatida 2-3 ball, 220 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 222 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 227 km.
Jizzax viloyatida 2 ball, 266 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 266 km.
Samarqand viloyatida 2 ball, 327 km.
Surxandaryo viloyatida 2 ball, 367 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 266 km janubiy-sharqda.
Shuningdek, keyinroq kun davomida ikki bor va 14 aprel kuni ertalab 5 ballik zilzilalar yuz berdi. Ular Oʻzbekiston hududida sezilmadi.
13 aprel kuni sodir boʻlgan hodisada oʻndan ortiq uy vayron boʻlgan va bir kishi vafot etgan.