platina.uz
Jamiyat

Termiz shahar sobiq hokimi bilan til biriktirgan texnik nazoratchiga nisbatan ajrim hukmi oʻqildi

U koʻp milliardlik qurilish sohasi pullarini oʻzlashtirishda ayblangan va 7 yilga qamalgan.  

Termiz shahar sobiq hokimi bilan til biriktirgan texnik nazoratchiga nisbatan ajrim hukmi oʻqildi

2025 yil 4 aprel kuni Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati binosida hokimlik texnik nazoratchisi va tadbirkorga nisbatan taftish instansiyasi ajrimi koʻrib chiqildi. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Dastlabki sud hukmiga koʻra, R. R. jinoiy sheriklari bilan “Termiz markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” MChJ tarkibida “Kislovodsk” uslubidagi bostirmani qurish uchun pudratchilarni aniqlashda qiymati 78.000.000.000 soʻmlik pudrat shartnomalarini imzolab, qurilishga oid meʼyoriy talablar qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan. Ishning ushbu qismida boshqa bir sudlanuvchi J.N. ham ishtirok etgan.

Bundan tashqari, R.R. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sheriklari Termiz shahar hokimi I.X. va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, yagona maqsadga qaratilgan jinoiy harakatlarini davom ettirgan. U jami 46.736.955.400 soʻmlik ishlar bajarilganligi haqida hisob-faktura maʼlumotnomalar tuzib, ularni buyurtmachi tashkilot rahbari Sh.T. ga imzolatgan. Natijada 17.844.153.578 soʻm pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon- toroj qilgan. Shuningdek, R.R shahar hokimi bilan til biriktirib, Termiz shahar xoʻjalik hisobidagi qurilish direksiyaning juda koʻp miqdordagi 1.249.692.447 soʻm pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon- toroj etgan.

Ayblanuvchi R. R Termiz shahar hokimligi xoʻjalik hisobidagi qurilish direksiyasi texnik nazoratchisi boʻlib ishlagan. Unga JKning 59- moddasi tartibida 2 yil 6 oy davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning sherigi J.N.ga esa JKning 59-moddasi tartibida 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlangan R.R., I.X., Sh.T., B.B. va J.A.lardan Termiz shahar hokimligi xoʻjalik hisobidagi qurilish direksiyasi foydasiga solidar tartibda 1.249.692.447 soʻm moddiy zararni undirish belgilangan. Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 11 iyundagi ajrimi bilan hukm R.R. va N.J. va fuqaroviy daʼvoga oid qismi oʻzgartirilgan.

“Yashil dunyo” savdo majmuasi obʼektida 17.844.153.578 soʻm juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik epizodi boʻyicha sudlanuvchi R.R. ning aybi 3.481.927.132 soʻm juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik epizodi oʻzgartirilgan. R. R. Termiz shahar xoʻjalik hisobidagi qurilish direksiyasining 1.249.692.447 soʻm pul juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj etganlikdagi ayb epizodi boʻyicha oqlangan.

Shuningdek, "Yashil dunyo” savdo majmuasi obʼektida 17.844.153.578 soʻm juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik epizodi boʻyicha sudlanuvchi N.J. ning aybi 3.481.927.132 soʻm juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik epizodi oʻzgartirilgan.

Yakuniy sud ajrimiga koʻra, Termiz shahar sudi va Surxondaryo viloyat sudi hukmining R.R va J.N.ga oid qismi oʻzgarishsiz qoldirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid