platina.uz
Jamiyat

Professor Mufat Mamatov vafot etdi

U “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi" unvonlari bilan taqdirlangan. 

Professor Mufat Mamatov vafot etdi

Namangan viloyati jamoatchiligi judolikka uchradi.

Oʻzbekiston taʼlimi, ilm-fani va maʼnaviyati rivojiga hissa qoʻshgan, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”, professor Mufat Mamatov 92 yoshida olamdan oʻtdi.

Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Mufat Mamatov 1932 yili Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan. Fargʻona davlat pedagogika institutini tamomlagan.

U butun umrini taʼlim, tarbiya, ilm-fan va maʼnaviyat sohasiga bagʻishlab, Toshkent va Namangandagi yirik taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid