platina.uz
Jamiyat

Namanganda koʻmir taʼminoti mansabdori milliardlab mablagʻlarni talon-toroj qildi

U juda koʻp miqdordagi koʻmir mahsulotlarini turli fuqarolarga bozor qiymatida sotib yuborgan. 

Namanganda koʻmir taʼminoti mansabdori milliardlab mablagʻlarni talon-toroj qildi

2025 yil 3 aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toʻraqoʻrgʻon tuman sudi koʻmir taʼminoti mansabdoriga oid ish koʻrib chiqildi.

Sud hujjati nusxasi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi B.Yu. “Qoʻmir taʼminot” MChJning Toʻraqoʻrgʻon tuman koʻmir ombori mudiri lavozimida ishlab kelgan. U egallab turgan lavozimi boʻyicha davlat ulushiga ega boʻlgan tashkilotning mansabdor shaxsi hisoblangan.

Sud ishida qayd etilishicha, mansabdor 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumi uchun 2024 yilning 1 iyunidan 17 oktabr kuniga qadar “Koʻmirtaʼminot” MChJ Namangan viloyati filiali Toʻraqoʻrgʻon tumani koʻmir omboriga Toʻraqoʻrgʻon, Kosonsoy va Mingbuloq tumani aholisiga olib kelingan, manzilli sotish uchun imtiyozli narxlarda 1 tonnasi 309.800 sum boʻlgan jami 19.863 tonna mahalliy “BZR” markali koʻmir mahsulotlarini qabul qilib olgan.

Shundan 6.372 tonna koʻmir mahsulotlarini ehtiyojmand xonadonlarga imtiyozli narxlarda sotilib, hech qanday chiqim hujjatlari rasmiylashtirilmagan.

Ayblanuvchi jami 13.491 tonna 4.179.511.800 soʻmlik juda koʻp miqdordagi koʻmir mahsulotlarini koʻmir savdosi bilan shugʻullanuvchi fuqarolarga bozor qiymatida har bir tonnasini 721.100 soʻmdan sotib yuborgan va oqibatda 9 mlrd 728 mln 360 ming soʻmlik koʻmir mahsulotlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sudlanuvchi B.Yu. sud muhokamasida aybiga iqrorlik bildirdi.

Yakuniy hukmga koʻra, B.Yu. Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a” bandi, 209-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil oʻtash uchun ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 8 oy 6 kuni axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Ish boʻyicha yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid