Toshkentda "Dolzarb bir oylik" safarbarligi oʻtkazildi
Unda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari hamda qator vazirlik, idora rahbarlari ishtirok etgan.

Prezident topshirigʻiga asosan Administratsiya, Xalq qabulxonalari hamda qator vazirlik va idora rahbarlari, masʼul vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida aholini turmush tarzini yaxshilash, hayoti farovonligini oshirish maqsadida oʻz faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirdi.
Respublika ishchi guruhi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganib, bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, aholi bilan oʻtkazilgan muloqotlarda aniqlangan muammolarning yechimi boʻyicha koʻrilgan choralarning natijadorligini oshirish, yechimini kutayotgan muammolarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi aʼzolari tomonidan poytaxt tumanlarida 100 ga yaqin sayyor qabullar oʻtkazildi.
Ularda koʻtarilgan 1300 ga yaqin masalalardan 345 tasi ijobiy hal etildi. Muayyan vaqt va mablagʻ talab etadigan masalalar boʻyicha aniq vaqt va ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi.
Jumladan, kelib tushgan murojaatlar asosida poytaxt tumanlarining ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash maqsadida oʻtgan davr mobaynida maydoni 390 ming kv. m.ga yaqin ichki yoʻllar, 30 ming kv.m.ga yaqin markaziy koʻchalar mukammal va joriy taʼmirlanib, asfalt-beton qoplamasi yotqizildi, 20 km.ga yaqin temir-beton novlar va 30 km.dan ziyod yoʻl toʻsiqlari taʼmirlandi.

Bundan tashqari, elektr energiya taʼminotini yaxshilash uchun 100 ga yaqin eski sim yogʻochlarlar yangi beton ustunlarga almashtirildi, 200 km.ga yaqin yangi sip kabel tarmoqlari tortildi, 240 km.dan ziyodi taʼmirlandi. 11 dona yangi transformatorlar oʻrnatidi, 211 donasi joriy va mukammal taʼmirdan chiqarildi.
Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 20 km.ga yaqin quvurlar yangisiga almashtirildi, 5 km. issiqlik tarmogʻi taʼmirlandi.
Shu bilan bilan birga, shahar ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini zamonaviy talab darajasiga olib chiqish uchun 20 dan ziyod, bolalar bogʻchasi, maktablar, shifoxona va poliklinikalar taʼmiri olib borildi va foydalanishga topshirildi.
Aholi istiqomat qilayotgan 90 ga yaqin koʻp qavatli uylarda kamchiliklari bartaraf etildi. Jumladan, 4 ta uyning fasad qismi, 25 ta uyning yertoʻla qismi hamda 36 ta uyning 7, 3 ming kv.m. tom qismi taʼmirlandi, 74 ta yangi lift uskunalari oʻrnatildi.
Respublika ishchi guruhi vakillari boshchiligida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida poytaxtning barcha mahallarida 2 mingdan ziyod turli hil bayram tadbirlari ham tashkil etildi.
“Navroʻz” bayrami doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sumalak sayllari, konsert dasturlar, ommaviy sport musobaqalari shular jumlasidan. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir mahallada arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, mehnat yarmarkalari ham tashkil etildi.
Toshkentning barcha mahalla va koʻchalarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini tizimli va manzilli tashkil etilib, 1,4 mingdan ziyod ommaviy hasharlar oʻtkazilib, ularda 116 mingdan ortiq aholi vakillari ishtirok etdi. Natijada, 4 mingga yaqin ijtimoiy soha obʼektlari atroflari obodonlashtirildi, 3 mingga yaqin koʻchalar chiqindilardan tozalandi, 124 ta qabriston (ziyoratgohlar) obod qilindi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham poytax hududlarida koʻchat ekish ishlari tashkil etilib, 600 mingdan ziyod turli hil mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.