platina.uz
Madaniyat

Sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

U "Alpomish", "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Alisher Navoiy", "Parvona", "Kelinlar qoʻzgʻoloni" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 

Sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati judolikka uchradi. Teatr sanʼati dargʻasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Mansur Ravshanov 1937 yilda Qarshi shahrida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan.

Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qoʻshgan.

Mansur Ravshanov "Alpomish", "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Jononga bordim bir kecha", "Alisher Navoiy", "Parvona", "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Alpomishning qaytishi" kabi yuzlab spektakllarni sahnalashtirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid