Andijonda kadastr boʻlimi sobiq boshligʻi qoʻlga olindi
U bogʻdorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan.

Andijonda kadastr boʻlimi sobiq boshligʻi ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Huquq tartibot xodimlari tomonidan Andijon shahrida tezkor tadbirda oʻtkazilgan.
Unda Kadastr agentligi Andijon tumani boʻlimi sobiq boshligʻi A.M hamda sobiq xodimi S.Olar fuqaro N.Aga Andijon tumanidan bogʻdorchilik uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Respublika Kadastlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali turar-joy sifatida toifasini oʻzgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytib, evaziga jami 10.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.M va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Xozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.