platina.uz
Jamiyat

Toshkentning Yangi Oʻzbekiston koʻchasi ayrim joylari 4 oyga yopilyapti

Ushbu hududda faqat qurilishda qatnashayotgan yuk mashinalari harakatlanishi mumkin.

Toshkentning Yangi Oʻzbekiston koʻchasi ayrim joylari 4 oyga yopilyapti

2025 yil 12 apreldan 2025 yil 1 sentabrga qadar Yangi Oʻzbekiston shohkoʻchasi boʻylab CAYeX savdo koʻrgazmalar uyidan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻining kirish qismigacha boʻlgan hududda barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Ayni shu sanadan Yangi Oʻzbekiston shohkoʻchasidagi Olimpiya shaharchasi atrofida yerosti oʻtish yoʻli qurilishi boshlanadi.

12 apreldan 13 aprelga oʻtar kechasi bu haqda xabar beruvchi tegishli yoʻl belgilari oʻrnatish boshlanadi.

Ushbu hududda faqat qurilishda qatnashayotgan yuk mashinalari harakatlanishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid