platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasidagi loyihalar portfeli 12 mlrd dollardan oshdi

Prezident  bank boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasidagi loyihalar portfeli 12 mlrd dollardan oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekistonning Jahon banki bilan keng koʻlamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Keyingi yillarda sheriklik munosabatlari yuksak darajaga chiqib, salmoqli natijalar berayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston bankning eng yirik hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 12 milliard dollardan oshdi. Jahon banki iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning barqaror rivojini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda moliyaviy, konsultativ va texnik koʻmak koʻrsatmoqda.

Bank koʻmagida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar mexanizmi takomillashtirildi, ularni tayyorlashni tezlashtirish va sifatini oshirish boʻyicha yangi tartib qabul qilindi.

Kambagʻallikka qarshi kurashish, eng avvalo, turizm sohasida xotin-qizlar va yoshlar uchun ish oʻrinlari yaratish, xususiy sektorni va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish kabi yoʻnalishlar kelgusi amaliy sheriklikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida qayd etildi.

Uglerod chiqindilarini qisqartirish, urbanizatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakatimizning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish borasidagi hamkorlik rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid