platina.uz
Jamiyat

Domikandagi tungi klubda fojia: hozirgacha nimalar maʼlum?

Prezident Luis Abinader mamlakat boʻylab 3 kunlik motam eʼlon qildi. 

Domikandagi tungi klubda fojia: hozirgacha nimalar maʼlum?

Dominikan Respublikasi poytaxti Santo-Domingodagi tungi klubda tom qulab tushishi oqibatida yuzaga kelgan fojiadan soʻng, yuzlab qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan omon qolganlarni izlashda davom etmoqda.

Voqea 8 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:00 da, “Jet Set” nomli tungi klubda sodir boʻlgandi.

Rasmiylarning maʼlum qilishicha, kamida 184 kishi halok boʻlgan, 150 dan ortiq kishi esa jarohat olgan.

Yuzlab mehmonlar klubga mashhur xonanda Rubbi Perezning konserti uchun tashrif buyurgan boʻlgan. Perez, sobiq beysbol yulduzi Oktavio Dotel va provinsiya gubernatori halok boʻlganlar qatorida ekani tasdiqlangan.

Konsert ishtirokchilaridan biri tomonidan olingan va BBC tomonidan tasdiqlangan videotasvirda Perez sahnada qoʻshiq kuylayotganini koʻrish mumkin.

Video muallifi “Tomdan nimadir tushdi”, deya aytgan lahza ham aks etgan.

Hozircha voqea joyida qancha odam boʻlganiga oid aniq raqamlar mavjud emas, biroq taxminlarga koʻra 500 dan 1000 kishigacha boʻlgan.

Qutqaruvchilar klub devorlaridan birini buzib kirgan va toshlar ostida qolganlarga yordam bergan.

Perezning qizi Zulinka ham voqea joyida boʻlgan, ammo uning turmush oʻrtogʻi uni halokatdan qutqarishga muvaffaq boʻlgan. Ular birgalikda vayronalar ostidan chiqib olgan, biroq 69 yoshli Perez toshlar ostida bir necha soat qolib ketgan.

Fojia haqida birinchi xabar Monte-Kristi provinsiyasining 41 yoshli gubernatori tomonidan Prezident Luis Abinaderga yetkazilgan va u zudlik bilan qutqaruv kuchlarini yuborishni soʻragan.

Qurbonlar orasida sobiq beysbolchi Oktavio Dotel, 7 karra MLB yulduzi Nelson Kruz va uning singlisi Nelsi Kruz ham bor.

Hozircha klub tomining qulashiga nima sabab boʻlgani aniq emas.

Ushbu fojiada koʻplab insonlar, jumladan sportchilar, mashhurlar va siyosatchilar halok boʻlishdi.

Dominikan Respublikasi Prezidenti Luis Abinader mamlakat boʻylab 3 kunlik motam eʼlon qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid