Baxtiyor Saidov Marko Rubio va Maykl Uolts bilan uchrashdi
Ular siyosiy muloqot, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va boshqa masalalarni gaplashgan.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh davlat kotibi Marko Rubio va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Maykl Uolts bilan uchrashdi.
Ularda siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha umumiy qarashlarimizni chuqurlashtirish kabi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratilgan.
"Siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha umumiy qarashlarimizni chuqurlashtirish kabi muhim yoʻnalishlar kun tartibimizdan oʻrin oldi. AQShning Oʻzbekistondagi islohotlar jarayonlarini izchil qoʻllab-quvvatlayotganini yuqori baholaymiz.
Strategik sheriklik doirasidagi yuqori darajadagi muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish orqali ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani qoʻllab-quvvatlashga kelishib oldik", deya yozadi Baxtiyor Saidov.
Marko Rubio esa Saidovni "terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kuchli hamkor" deb atagan.