AQShda norozilik kuchaymoqda: Vupi Goldberg Trampga ochiqchasiga qarshi chiqdi
Mashhur aktrisa va komediya ustasi amaldagi prezidentning siyosatini keskin tanqid qildi. "Biz amerikaliklar bunday prezidentni xohlamaymiz", dedi u.

Donald Tramp Amerikani manfaatlarini himoya qilmaydi, biz uni prezident boʻlishini xohlamaymiz" deb maʼlum qildi Vupi Goldberg.
"The View" koʻrsatuviga tashrif buyurgan, Vupi Goldberg nomi bilan mashhur boʻlgan aktrisa va komediya ustasi Donald Trampning hokimiyatdagi faoliyatidan noroziligini bildirdi.
"Bizni kuzatayotgan barcha davlatlar: shuni aytmoqchimanki, bu - bizning xohishimiz emas. Biz amerikaliklar bunday prezidentni xohlamaymiz. Ular Amerika nomidan gapirayotganda, bizni nazarda tutishmaydi" dedi Goldberg.
Koʻrsatuvga tashrif buyurgan boshqa mehmonlar ham uni fikrini qoʻllab-quvvatladi.
"Ular Amerikaning tor doirasidagi insonlar nomidan gapirmoqda va aslida oʻzlariga chogʻ qaziyotganini bilmaydi" - deya qoʻshimcha qildi u.
Goldberg va koʻrsatuvning boshqa mehmonlari Tramp tomonidan belgilagan boj tariflarini ham keskin tanqid ostiga oldilar.
Maʼlum boʻlishicha, chorshanba kuni AQSh prezidenti baʼzi davlatlarga nisbatan boj tariflarini 90 kunga toʻxtatib turishini, biroq Xitoy uchun boj tarifini oshirishini eʼlon qilgan.
Eʼtiborga molik jihat shuki, 2025 yil ABC News telekanalining "The View" koʻrsatuviga tashrif buyurganlarning 63 nafari Demokratlar partiyasi vakillari va tarafdorlari boʻlib, Konservativ Respublikachilar partiyasining vakillaridan hech kim koʻrsatuvida ishtirok etmagan.