Toshkentdagi Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi
Uning oʻlimiga ogʻir xastalik sabab boʻlgan.

Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi.
Zambiya Milliy Assambleyasi kotibi Roy Mukoba Ngulube 2025 yil 7 aprel kuni Toshkentda xizmat safari chogʻida kasallikdan soʻng vafot etdi.
Maʼlum boʻlishicha, u Toshkentda IPU yubiley Assambleyasiga Zambiya Milliy Assambleyasining Spikeri — Nelly Butete Kashumba Muttiga hamrohlik qilib kelgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxorodagi mehmonxonadan hindistonlik siyosatchining jasadi topilgandi.