platina.uz
Madaniyat

Tadbirlarda fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Sanʼatkorlarni davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.

Tadbirlarda fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi.

“Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (207-son, 08.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 maydan:

-davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;

-konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq koʻrsatilishi lozim;

-Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni «Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti», «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist» va «Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi» davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.

2025 yil 1 iyuldan:

-jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari boʻyicha reklamalarni Oʻzbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda efirga berish uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;

-jonli ijroda va fonogrammadan qisman foydalanilgan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari Oʻzbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy xulosasi asosida bepul efirga uzatiladi.

Har chorakda respublikaning barcha hududlarida «Jonli ijro haftaligi» oʻtkaziladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid