platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosarlariga “hayfsan” berildi

Kattaqoʻrgʻon, Navoiy, Yangiyoʻl, Jizzax shaharlari, Yangiobod, Mirzaobod, Boʻka va Nukus tumanlari hokimlari ogohlantirilgan.

Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosarlariga “hayfsan” berildi

Prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda ayrim amaldorlar jazolangani maʼlum boʻldi.

Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya keldi.

“Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar “investitsiya oʻzi boʻlaveradi”, degan fikr bilan yuribdi, dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan”, - dedi Prezident.

Oʻtgan hafta sohadagi muammolar tanqidiy muhokama qilinib, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlariga “hayfsan” berilgan, Kattaqoʻrgʻon, Navoiy, Yangiyoʻl, Jizzax shaharlari, Yangiobod, Mirzaobod, Boʻka va Nukus tumanlari hokimlari ogohlantirilgan.

“Pul tikaman degan tayyor investorlarni masalasini tez-tez hal qilish oʻrniga, koʻp rahbarlar byurokratiya qilgani uchun, sarmoyadorlar ketib qolayapti”, - deya qatʼiy eʼtiroz bildirdi davlat rahbari.

Har bir hudud va tarmoq kesimida masʼul rahbarlar faoliyatiga baho berilishi va xulosa qattiq boʻlishi haqida ogohlantirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid