Prezident turizm boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazmoqda
Sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan oʻtgan magistral va ichki yoʻllar ahvolidan noroziligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda koʻpchilik hokimlar turizm qanday katta yoʻnalish ekanini tushunib yetmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Mavsum boshlanganiga bir oydan oshgani bilan kapsulali uylardan iborat maskan faqat Kitobda ochilgani qayd etilib, qolgan 35 ta tuman va shahar hokimi “mudrab” oʻtirgani tanqid qilindi.
Kapsulali uylarni qurish va jihozlashga Turizm jamgʻarmasidan 10 million soʻmgacha subsidiya ajratilishi belgilandi.
Sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan oʻtgan magistral va ichki yoʻllar ahvolidan noroziligi qayd etildi.
Mutasaddilarga “turizm halqasi”ga kirgan yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha hisob-kitob qilib, ishlarni boshlash topshirildi.