platina.uz
Jamiyat

Bandlik amaldori psixotrop modda isteʼmol qilayotgani tasviriga izoh berildi

Ayni paytda tegishli tartibda surishtiruvlar olib borilmoqda. 

Bandlik amaldori psixotrop modda isteʼmol qilayotgani tasviriga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻining xizmat xonasida psixotrop modda isteʼmol qilayotganligi tasvirlangan tasvir tarqaldi.

Mazkur xabar yuzasidan Bandlik vazirlik axborot xizmati bayonot berdi.

"Mazkur holat huquq tartibot organlari tomonidan nazoratga olindi. Ayni paytda tegishli tartibda surishtiruvlar olib borilmoqda.

Surishtiruv ishlari yakuniga koʻra, holatga batafsil izoh beriladi", deya taʼkidlanadi vazirlik xabarida.

Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid