Aziz Toshpoʻlatov voleybol federatsiyasi rahbari etib saylandi
Federatsiyaning hududiy boʻlimlariga ham raislar saylandi.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi .
Unda Ichki ishlar vaziri, general-mayor Toshpoʻlatov Aziz Anvarovichning nomzodi Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi.
Nomzod konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maʼqullanib, u federatsiya raisi etib saylandi.
Kun tartibiga koʻra Voleybol federatsiyasining Andijon, Buxoro, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrining hududiy boʻlimlari raisligiga nomzodlarni saylash taklif etildi.
Ushbu viloyatlar IIBlari boshliqlari va Toshkent shahar IIBB boshligʻi bir ovozdan hududiy boʻlimlar raisligiga saylandi.