Andijonda qator maqsadlar uchun byudjetdan 3 mlrd soʻmga yaqin pul ajratiladi
Qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatini oʻtkazish uchun 534 mln soʻm beriladi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan 2025 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2,7 mlrd soʻm ajratiladi.
Qaror 2025 yil 8 aprelda eʼlon qilingan.
Unga koʻra, "Vatanparvarlar" harbiy bogʻini qurishga 150 mln soʻm, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti tomonidan viloyat hududida elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojlarni taʼminlash uchun irrigatsiya tizimlarida mikro gidroelektr stansiyalari qurilmalarini qurish va oʻrnatish uchun 156,0 mln soʻm, qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatini oʻtkazish uchun 534 mln soʻm beriladi.
Bundan tashqari Navoiy shoh koʻchasidagi obodonlashtirish xarajatlari uchun 170 mln soʻm, shahar markaziy koʻchalariga davlat bayrogʻini oʻrnatish uchun 300 mln soʻm, Oltinkoʻl tumani byudjetiga obodonlashtirish ishlari 700 mln soʻm ajratiladi.
Yangi Andijon massivida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Ziyolilar bogʻi”ni ochilishini yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tadbir xarajatlariga 317 million soʻm beriladi.
Avvalroq Toshkentda yoʻllar uchun 8 mlrd soʻm ajratilgandi.