platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yoʻllar uchun 8 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Mablagʻ Mirzo Ulugʻbek va Bektemir tumanlariga yoʻnaltiriladi. 

Toshkentda yoʻllar uchun 8 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori bilan ikki tumanga 8 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi.

Pullar mahalliy yoʻllarni yaxshilash uchun ishlatiladi.

"Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoʻllarni taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish uchun Mirzo Ulugʻbek tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 4 233,7 mln soʻm hamda Bektemir tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga 3 800,0 mln soʻm mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin", deyiladi qarorda.

Qaror 2025 yil 7 aprelda qabul qilingan.

Qaror ijrosini taʼminlash hokimning birinchi oʻrinbosari B. Haydarov zimmasiga yuklangan.

Avval poytaxtda yoʻllar uchun 12 mlrd soʻm ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid