platina.uz
Sport

OʻFA "Xorazm" va Buxoro" klublari rahbarlarini jazoladi

Andijonda esa muxlislarning maydonga yugurib tushish holati kuzatilgan. 

OʻFA "Xorazm" va Buxoro" klublari rahbarlarini jazoladi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

«Xorazm» — «Buxoro»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Xorazm» — «Buxoro» uchrashuvining 85-daqiqasida «Xorazm» jamoasi bosh direktori Roʻzimboy Ahmedov hamda «Buxoro» jamoasi bosh murabbiyi Ulugʻbek Bakayevlar oʻzaro haqoratli soʻzlar ishlatib tortishganligi va provokatsion harakatlar qilganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Roʻzimboy Ahmedovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Ulugʻbek Bakayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Bunyodkor» — «Surxon»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Surxon» uchrashuvida «Surxon» jamoasi yordamchi murabbiyi Stanislav Kudryashov Liga komissarining qator ogohlantirishlariga qaramay, maxsus litsenziyani taqmasdan koʻp bora texnik hududni tark etganligi va davomiy koʻrsatmalar berganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Stanislav Kudryashovga (Surxon) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

«Mashʼal» — «Soʻgʻdiyona»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Mashʼal» — «Soʻgʻdiyona» uchrashuvi mobaynida «Mashʼal» jamoasi texnik direktori Dilyaver Vaniyev uchrashuv komissari ogohlantirishlariga qaramasdan bosh murabbiy yonida davomli turganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Dilyaver Vaniyevga (Mashʼal) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Mashʼal» — «Soʻgʻdiyona» uchrashuvi mobaynida «Mashʼal» jamoasi murabbiylari Eldor Isaboyev va Farhod Yorov hamda «Soʻgʻdiyona» jamoasi murabbiyi Ulugʻbek Boqiyevlar komissar ogohlantirishlariga qaramasdan OʻzPFL tomonidan taqdim etilgan akkreditatsiyasiz texnik hududda harakatlanganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Eldor Isaboyev va Farhod Yorovga (Mashʼal) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Ulugʻbek Boqievga (Soʻgʻdiyona) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Navbahor lochinlari» — «Andijon»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvidan soʻng «Navbahor lochinlari» jamoasi xodimi Abdurauf Gʻulomov texnik hududda tamaki chekkani va oʻyin mobaynida uchrashuv komissariga qoʻpol ravishda muomala qilganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdurauf Gʻulomovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari»—«Andijon»uchrashuvining 72-daqiqasida «Andijon» jamoasi futbolchisi Mirzad Mehanovich toʻp uchun kurash vaqtida raqibga tajovuzkor harakati uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mirzad Mehanovichga (Andijon) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvining 90+6-daqiqasida «Navbahor lochinlari» jamoasi futbolchisi Saidazamat Mirsaidov hamda «Andijon» darvozabonlar murabbiyi Qobiljon Olimjonov oʻzaro haqoratli soʻzlar ishlatib tartibsizlik keltirib chiqarganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Saidazamat Mirsaidovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Qobiljon Olimjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvining 45+3-daqiqasida «Navbahor lochinlari» jamoasi futbolchisi Shohmalik Komilov burchak toʻpi olish jarayonida muxlislar otgan lentani muxlislarga qarata uloqtirib, muxlislar noroziligiga sabab boʻlganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shohmalik Komilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Andijon» uchrashuvida «Navbahor lochinlari» jamoasi oʻyinni tashkil qilishdagi koʻplab kamchiliklarga yoʻl qoʻygan, jumladan, tomoshabinlar yelim idishlar va yondirgichlarni maydonga uloqtirganligi, texnik zonada uchrashuv qaydnomasiga kirmagan koʻplab xodimlarning toʻplanib, tartibsizliklar keltirib chiqargani va media tribunaga maxsus akkreditatsiyaga ega boʻlmagan odamlarning kirganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, «Navbahor lochinlari» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Andijon» — «Nasaf»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Nasaf» uchrashuvida «Andijon» jamoasi oʻyinni tashkil qilishdagi koʻplab kamchiliklarga yoʻl qoʻygani, jumladan, oʻyin oldi rasmiy mitingda klub vakillarining ishtirok etmaganligi, taʼmirlash kech tugaganligi sabab funksional xonalardan foydalana olinmaganligi, talab etilgan joylarda Wi-Fi oʻrnatilmagani, maydondagi darvozalarning oʻlchamlari xato ekanligi, xavfsizlik choralariga amal qilinmaganligi, litsenziyasiz shaxslarning texnik zonada yurganligi, Milliy gvardiya droni xavfsizlikka amal qilmasdan uchirilganligi va uchrashuvdan soʻng ikki muxlisning maydonga yugurib tushishi kabi kamchiliklari aniqlangan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, «Andijon» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Buxoro» — «Qizilqum»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Buxoro» — «Qizilqum» uchrashuvining 56-daqiqasida «Buxoro» jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullayev vaqt choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shirinboy Abdullayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

OKMK — «Paxtakor»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi OKMK — «Paxtakor» uchrashuvining 90-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Abror Sarimsoqov vaqt choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-inizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abror Sarimsoqovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Dinamo» — «Mashʼal»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Dinamo» — «Mashʼal» uchrashuvining 73-daqiqasida «Dinamo» jamoasi futbolchisi Ravshanbek Yagudin vaqt choʻzganligi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ravshanbek Yagudinga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Soʻgʻdiyona» — «Navbahor lochinlari»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Soʻgʻdiyona» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 57-daqiqasida «Soʻgʻdiyona» jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe hakamning qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ehsoni Panshanbega (Soʻgʻdiyona) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

«Qoʻqon-1912» — «Shoʻrtan»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Qoʻqon-1912» — «Shoʻrtan» uchrashuvining 65-daqiqasida «Shoʻrtan» jamoasi futbolchisi Komron Saydazimov hakamning qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Komron Saydazimovga (Shoʻrtan) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Mashʼal» — «Soʻgʻdiyona»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Mashʼal» — «Soʻgʻdiyona» uchrashuvining 75-daqiqasida «Mashʼal» jamoasi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Muhammadali Aliqulovga (Mashʼal) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Navbahor lochinlari» — «Dinamo»

Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — «Dinamo» uchrashuvining 45+1-daqiqasida «Dinamo» jamoasi futbolchisi Anvarjon Hojimirzayev toʻp uchun kurashda simulyatsiya ishlatgani uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Anvarjon Hojimirzayevga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Xorazm» — «Buxoro»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Xorazm» — «Buxoro» uchrashuvida «Superliga va Proliga reglamenti»ning tegishli bandida mezbon klub oʻyin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shartligi belgilangan boʻlsada, «Xorazm» klubi tomonidan mazkur uchrashuv video tasvirga olinmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, «Xorazm» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Paxtakor» — «Dinamo»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Dinamo» uchrashuvida «Paxtakor» klubi tomonidan oʻyin boshlanish avvalida futbol maydoni va unga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash ishlari lozim darajada bajarilmagani, oqibatda turli tartibsizliklar vujudga kelganlik holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, «Paxtakor» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 chempionati

«Shoʻrtan U-21» — «Bunyodkor U-21»

U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Shoʻrtan U-21» — «Bunyodkor U-21» uchrashuvining 90+3-daqiqasida «Shoʻrtan U-21» jamoasi futbolchisi Bekjon Rahmatov toʻpsiz vaziyatda raqib futbolchisining oʻyogʻiga tajavuzkor harakat bilan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bekjon Rahmatovga (Shoʻrtan U21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Shoʻrtan U-21» — «Bunyodkor U-21» uchrashuvidan soʻng «Bunyodkor U-21» jamoasi murabbiyi Sunnatilla Mamadaliyev birinchi yordamchi hakam shaniga nomaqbul soʻzlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Sunnatilla Mamadaliyevga (Bunyodkor U21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

«Paxtakor U21» — «Dinamo U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Paxtakor U21» — «Dinamo U21» uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Paxtakor U21» darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Anvar Rashidovga (Paxtakor U21) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

«Buxoro U21» — «Qizilqum U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Buxoro U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvining 75-daqiqasida «Qizilqum U21» jamoasi futbolchisi Shahzod Turopov hakam qaroriga eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahzod Turopovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Buxoro U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvining 62-daqiqasida «Qizilqum U21» jamoasi bosh murabbiyi Akmal Rustamov hakam qaroriga eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Akmal Rustamovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Andijon U21» — «Nasaf U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon U21» — «Nasaf U21» uchrashuvining 90+2-daqiqasida «Nasaf U21» jamoasi murabbiyi Zafar Xolmurodov hakam qaroriga eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Zafar Xolmurodovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Soʻgʻdiyona U21» — «Navbahor lochinlari U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Soʻgʻdiyona U21» — «Navbahor lochinlari U21» uchrashuvining 81-daqiqasida «Soʻgʻdiyona U21» futbolchisi Abdulatif Kudratov hakam qaroriga eʼtirozi sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulatif Kudratovga (Soʻgʻdiyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Surxon U21» — «Xorazm U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Surxon U21» — «Xorazm U21» uchrashuvining 41-daqiqasida «Xorazm U21» futbolchisi Iskandar Boʻsinov hakam qaroriga eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Iskandar Boʻsinovga (Xorazm U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«OKMK U21» — «Paxtakor U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «OKMK U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 84-daqiqasida OKMK U21 futbolchisi Shahbozbek Abduvaliyev hakam qaroriga eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Shahbozbek Abduvaliyevga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

«Xorazm U21» — «Buxoro U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Xorazm U21» — «Buxoro U21» uchrashuvining 44-daqiqasida «Xorazm U21» jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov hakamning qaroriga eʼtirozi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm U21) nisbatan jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Ayollar Oliy ligasi

«Soʻgʻdiyona-W» — «Lokomotiv-W»

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi «Soʻgʻdiyona-W» — «Lokomotiv-W» uchrashuvining 58-daqiqasida «Lokomotiv-W» jamoasi futbolchisi Nodira Iskandarova toʻpsiz vaziyatda raqib oʻyinchisi yuziga qoʻli bilan zarba bergani hamda «Soʻgʻdiyona-W» jamoasi futbolchisi Ramina Yusupova boshqa bir raqib futbolchining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchi maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Nodira Iskandarovaga (Lokomotiv-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Ramina Yusupovaga (Soʻgʻdiyona-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

«Paxtakor-W» — «Surxon-W»

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi «Paxtakor-W» — «Surxon-W» uchrashuvning 45+5-daqiqasida «Paxtakor-W» jamoasi futbolchisi Mahzuna Abdukarimova toʻpsiz vaziyatda raqibning qorin qismiga oyogʻi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Mahzuna Abdukarimovaga (Paxtakor-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

«Bunyodkor-W» — OKMK-W

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi «Bunyodkor-W» — OKMK-W uchrashuvining 90+1-daqiqasida «Bunyodkor-W» jamoasi futbolchisi Ozoda Hojiyeva toʻp uchun kurashdan soʻng yotgan holatda raqibga qasddan oyogʻi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ozoda Hojiyevaga (Bunyodkor-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

OKMK-W —«Soʻgʻdiyona-W»

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 3-turi doirasidagi OKMK-W —«Soʻgʻdiyona-W» uchrashuvining 90+4-daqiqasida «Soʻgʻdiyona-W» jamoasi bosh murabbiyi Anvar Almatov hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Anvar Almatovga (Soʻgʻdiyona-W) nisbatan 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid