platina.uz
Jamiyat

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan oʻlik holda topildi

Bosh prokuratura mazkur masala yuzasidan Platina.uz'ga izoh berdi.

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan oʻlik holda topildi

Hindistonlik amaldor Oʻzbekistonda vafot etdi.

Bu haqda Hindistonning Megalaya shtati rahbari Konrad Sangma X sahifasida yozgan.

Megalaya shtati bosh kotibi Sayid Roziy Oʻzbekistonga shaxsiy safari chogʻida mehmonxona xonasida oʻlik holda topilgan.

Hindiston temir yoʻl xizmati xodimi, Roziy 2021 yildan shtatda deputat sifatida ishlagan.

Rasmiylarga koʻra, 4 apreldan buyon Buxoro shahrida boʻlgan va yurak xurujidan vafot etganlikda gumon qilinmoqda.

"Joriy yilning 7 aprel kuni soat 1974 yilda Hindiston Respublikasi fuqarosi Buxoro shahridagi “Wyndham” mehmonxonasida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotga koʻra, oʻlim oʻtkir yurak qon-tomir va nafas faoliyati yetishmovchiligi bilan asoratlangan oʻng oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi natijasida yuzaga kelganligi koʻrsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda", deyiladi Bosh prokuratura izohida.

Roziy qoʻngʻiroqlarga javob bermaganidan soʻng, uning xonasi eshigini buzib kirishgan.

Hozirda amaldor jasadini Hindistonga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid