AQSh va Eron toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazadi
Tramp Eron muzokaralardan bosh tortsa, qaqshatqich zarbaga uchrashidan ogohlantirgandi.

Eron va AQSh yetti yil ichida ilk bor muzokara oʻtkazadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning aytishicha, 12 aprel kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Eron oʻrtasida "toʻgʻridan-toʻgʻri" uchrashuv boʻlib oʻtadi.
"Agar yadro muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Eron katta xavf ostida qoladi", deb ogohlantirdi Tramp.
Oq uyda Isroil Bosh Vaziri Binjamin Netanyaxu bilan uchrashuv davomida u "shanba kuni Eron bilan muhim uchrashuv boʻlib oʻtadi va ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib boramiz", deb taʼkidlab oʻtdi.
Maʼlumot uchun, Eron bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oxirgi marta Donald Trampning Prezidentligi davrida, 2018 yilda boʻlib oʻtgan.
Avvalroq AQSh rahbari Eron muzokaralardan bosh tortsa, qaqshatqich zarbaga uchrashidan ogohlantirgandi.