platina.uz
Jamiyat

826 ta mahalla bir yilgacha "Tashabbusli byudjet"da qatnashmaydi

Bu yilgi 1-mavsumda 2011 ta mahalla gʻolib deb topilgan, bundan 329 tasi ilk marotaba yutib chiqqan.

826 ta mahalla bir yilgacha "Tashabbusli byudjet"da qatnashmaydi

826 ta mahalla bir yilgacha "Tashabbusli byudjet"da qatnasholmaydi. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Joriy yilgi 1-mavsum yakunlariga koʻra, 2011 ta mahalla (jami mahallalar soniga nisbatan 21 foiz) gʻolib deb topilgan. Bunda 329 ta mahalla ilk marotaba yutib chiqqan.

Bundan tashqari, 2024 yilgi 2-mavsum doirasida gʻolib boʻlgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran gʻolib deb topilgan. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026 yilgi 1-mavsumda tanaffus beriladi.

Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bogʻcha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida oʻz loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

Tanaffus beriladigan mahallalarning toʻliq roʻyxati.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid