platina.uz
Jamiyat

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

 Avvalgi hokim Shuhrat Doʻstbekov yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi. 

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq soʻzladi.

Viloyat hokimi oʻz soʻzida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb masalalarga toʻxtaldi. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, byudjet tushumlarini taʼminlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi oʻrinlarda ekanligi qayd etildi, deyiladi xabarda.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Doʻstbekov Shuhrat Begimqulovich yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Nizomiddinov 2018—2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan. 2022 yildan buyon Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid