platina.uz
Jamiyat

Subsidiya mablagʻlarini talon-toroj qilgan tadbirkor jazolandi

U kam taʼminlangan oilalarga tikuv mashinalari  yetkazib  berilgani haqida qalbaki maʼlumotnoma rasmiylashtirib, pullarni oʻzlashtirib yuborgan.  

Subsidiya mablagʻlarini talon-toroj qilgan tadbirkor jazolandi

2025 yilning 5 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Buvayda tumanida sudida tadbirkor A.N.ga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor va "X" MChJ rahbari A.N. jamiyatga kasanachi sifatida kiritilgan 73 nafar fuqarolarga asbob- uskunalar va xom ashyo xarid qilish boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun 380.800.000 soʻm subsidiya ajratilishini soʻrab murojaat qilgan. Soʻng subsidiya mablagʻlari hisobidan amalda tikuv mashinasi yetkazib berilmagan boʻlsa-da, fuqarolar S.S., Yu.A., Sh.Oʻ., N.M. va X.K.ga 5.100.000 soʻmdan jami 25.500.000 soʻmlik tikuv mashinalari yetkazib berilgani haqida qalbaki maʼlumotnoma rasmiylashtirib, pullarni talon-toroj qilib yuborgan.

U mazkur 5 nafar fuqarolarga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida tikuv mashinasi berilgani bilgani holda, tikuv mashinalarini oʻzi yetkazib berganini aytib, rasmiy hujjat hisoblangan monitoring dalolatnomalarini rasmiylashtirishga erishib, tikuv mashinalarini jamiyat tomonidan yetkazib berilgani haqida qalbaki yozuvlar kiritib, hujjatlarni Buvayda tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdim qilgan.

Ayblanuvchi sudda oʻz aybiga qisman iqror boʻldi.

Yakuniy sud qaroriga koʻra, N. A.ga uzil-kesil ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Ish doirasidagi tikuv mashinalari Buvayda tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga qaytarilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid