Shavkat Mirziyoyev 9 mayda Moskvaga boradi
Prezident Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan marosimda qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev 9 mayda Moskvaga boradi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada boʻlib oʻtadigan Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan marosimda ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlarga maʼlum qildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi”, — dedi Asadov parlamentlararo ittifoqning Toshkentdagi assambleyasi chogʻida.
Asadov bu masala Oʻzbekiston rahbarining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida muhokama qilinganini taʼkidladi.