platina.uz
Sport

Oʻzbekiston oʻsmirlar termasi jahon chempionatiga chiqdi

Jamoa Xitoyga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻzbekiston oʻsmirlar termasi jahon chempionatiga chiqdi

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi jahon chempionatiga chiqdi.

Saudiya Arabistonida oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

1-turda Tailandni yirik hisobda yenggan Oʻzbekiston bu safar Xitoyga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Guruhdagi ikkinchi oʻyinda esa mezbon Saudiya Arabistoni Tailandni 3:1 hisobida magʻlub etdi.

Bu natijadan soʻng Oʻzbekiston oʻsmirlar milliy jamoasi saudiyaliklar bilan birgalikda Osiyoda birinchilardan boʻlib JCh yoʻllanmasiga ega chiqdi. Shuningdek, Islom Ismoilov shogirdlari Osiyo kubogining chorakfinaliga chiqish masalasini ham hal etdi.

U-17 jahon chempionati 3-27 noyabr kunlari Qatarda boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid