platina.uz
Jamiyat

Koʻzni zararlovchi yuqumli virusli konyunktivit

Koʻzda shamollash yoki qizarish kuzatilsa, tezda koʻz shifokoriga murojaat qilish kerak. Bu kasallikni uy sharoitida davolab boʻlmaydi, bunga urinmang ham.

Koʻzni zararlovchi yuqumli virusli konyunktivit
Fotokollaj: Platina.uz

Hozirgi kunda koʻpchilikning koʻzida virusli konyunktivitlar koʻp uchramoqda. Oftalmolog Hikmatullo Sodiqovning aytishicha, kasallikdan shikoyat qilib keluvchilar soni koʻpaygan.

“Biz har kuni virusli konyunktivitga duch kelyapmiz. Avallari kamroq edi. Masalan, qaysidir faslda uchragan boʻlsa, hozirga kelib odatiy holga aylanib qoldi. Bu, albatta, koronavirus pandemiyasi, gripp va boshqa virusli kasalliklar bilan bogʻliq.

Immunitet susayganidan keyin koʻzga virus tushadi. Bu tomoq va burundagi shamollash, gripp va boshqa oʻtkir respirator kasalliklar orqali koʻzga oʻtadi. Oqibatda koʻzda qizarish, yoshlanish va yiringlash kuzatiladi. Bora-bora koʻzda xiralik kelib chiqadi”, dedi mutaxassis.

Uning aytishicha, agar bu kasallik vaqtida davolanmasa, koʻz oynasida mayda-mayda dogʻlar paydo qiladi.

“Dogʻlar koʻpayib koʻzni oqartiradi, xiralashishga va tuman paydo boʻlishiga olib keladi. Shuning uchun koʻzda shamollash yoki qizarish kuzatilsa, tezda koʻz shifokoriga murojaat qilish kerak. Bu kasallikni uy sharoitida davolab boʻlmaydi, bunga urinmang ham.

Virusli konyunktivit koʻz ichining shilliq qavatida plyonka paydo qiladi. Davolash vaqtida bu plyonkani olib tashlab, maxsus dorilar qilamiz. Shifokor nazoratida davolanmasa, virus koʻzda bir umrlik yomon asorat qoldirishi mumkin”, dedi oftalmolog.

Hikmatullo Sodiqovning alohida taʼkidlashicha kasallik yuqumli, atrofdagilarga juda tez yuqadi. Shuning uchun virusli konyunktivit bilan ogʻrigan bemorlar oʻqish yoki ishidan maʼlum bir muddatga cheklanadi.

Yuqoridagi videoda batafsil maʼlumot olish mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid