Oʻzbekiston boks boʻyicha jahon kubogida birinchi oʻrinni egalladi
Jamoa 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbek bokschilari Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Braziliyaning Fors-du-Iguasu shahrida boks boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtdi.
World Boxing tomonidan tashkil etilgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shubhasiz, bunday natija bilan yigitlar umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Oltin medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-85 kg: Akmaljon Isroilov
Bronza medal:
-60 kg: Madiyar Daniyarov