Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashadi
Ikki davlat rahbarlari telefon muloqoti oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki va koʻp tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.
Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.