platina.uz

“Mikrokreditbank” Yevropa investitsiya banki bilan memorandum imzoladi

Bu orqali barqaror rivojlanishga qaratilgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar taklif etilishi, mintaqadagi ekologik va ijtimoiy barqarorlikka ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.

Biznes
5-aprel, 11:45
“Mikrokreditbank” Yevropa investitsiya banki bilan memorandum imzoladi

“Mikrokreditbank” ATB Samarqand shahrida oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti doirasida Oʻzbekistondagi tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib Yevropa investitsiya banki bilan qiymati 40 mln yevroga teng memorandum imzoladi.

Ushbu kelishuv “Mikrokreditbank”ning xalqaro maydondagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yoʻlida muhim tashabbusi, deyish mumkin.

Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlik “Mikrokreditbank”ning xalqaro maydondagi ishonchliligini oshirib, uni global investorlar uchun yanada jozibador moliyaviy institutga aylantiradi. Bu esa bank uchun yangi strategik sheriklik imkoniyatlarini ochadi.

“Mikrokreditbank” ATB ushbu memorandum orqali ESG (Ekologik, Ijtimoiy va Korporativ boshqaruv) tamoyillariga muvofiq faoliyat yuritish borasidagi saʼy-harakatlarini kuchaytiradi. Bank tomonidan barqaror rivojlanishga qaratilgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar taklif etilishi, mintaqadagi ekologik va ijtimoiy barqarorlikka ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda.

Memorandum “Mikrokreditbank” uchun Yevropa Ittifoqi hukumatlari va xalqaro donor tashkilotlari bilan hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirish imkonini taqdim etadi.

Bunday tashabbuslar bankning xalqaro hamkorlar bilan yanada yaqin ishlashiga, yangi moliyaviy dasturlarda ishtirok etishiga yoʻl ochadi.

Bank Axborot xizmati

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+