Kitob oʻqiganlarga BYD Chazor topshirildi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining gʻoliblari maʼlum boʻldi.

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovining yakuniy bosqichi hamda gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tanlov yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish, ularning bilim va intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, ongli va maqsadli yoshlarni tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Unda yurtimizning turli hududlaridan kelgan eng bilimdon va kitobsevar yoshlar ishtirok etdi.

Marosimda tanlov gʻoliblari eʼlon qilinib, ularga Prezident sovgʻasi – zamonaviy BYD Chazor elektromobili topshirildi.
Batafsil yuqoridagi videolavhada.