platina.uz
Jamiyat

Jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi

U internet jurnalistikasida bir qator loyihalar muallifi edi. 

Jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi

Jurnalist va bloger Jasur Hamroyev vafot etdi.

U 1983 yilda Buxoroda tugʻilgan. Internet jurnalistikasi sohasida Shov-shuv.uz loyihasi asoschisi va bosh muharriri boʻlgan.

Jasur Hamroyev maʼlum muddat Oʻzbekiston “Adolat”sotsial-demokratik partiyasi Yakkasaroy kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi Akademiyasi “Boshqaruv mahorati” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Jurnalist qand kasali tufayli vafot etgani aytilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid