UZTELECOM firibgarlar boʻyicha ogohlantirish eʼlon qildi
Kompaniya abonentlarga himoyalanish boʻyicha tavsiyalarni taqdim etdi.

UZTELECOM abonentlarini firibgarlardan ogohlantirdi.
Soʻnggi paytlarda telefon orqali firibgarlik holatlari koʻpayib ketdi.
Firibgarlar qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini UZTELECOM xodimlari deb tanishtiradilar va turli bahonalar bilan SMS-kodni aytishni yoki shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishni soʻraydilar.
Quyidagilarni esda tutish muhim:
UZTELECOM xodimlari hech qachon qoʻngʻiroq qilib va SMS orqali kelgan kodlar, parollar, karta raqamlari va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni soʻramaydi.
Qanday himoyalanish mumkin?
Maʼlumotni tekshiring – har qanday shubha tugʻilganda UZTELECOM rasmiy aloqa markaziga qoʻngʻiroq qiling.
Shaxsiy maʼlumotlaringizni oshkor qilmang – qoʻngʻiroq qiluvchi hatto oʻzini kompaniya xodimi deb tanishtirsa ham.
"Shubhali raqamlarni bloklang va firibgarlar haqida bizning qoʻllab-quvvatlash xizmatimizga xabar bering.
Agar sizga shubhali qoʻngʻiroq kelib tushsa, UZTELECOM rasmiy qoʻllab-quvvatlash xizmatining 1099 raqamiga murojaat qiling", deyiladi kompaniya xabarida.
