platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida bir guruh mansabdorlar fuqarolar nomiga kredit olib kelgani fosh boʻldi

Ular sudda oʻz aybiga qisman iqror boʻlgan. 

Toshkent viloyatida bir guruh mansabdorlar fuqarolar nomiga kredit olib kelgani fosh boʻldi

Joriy yilning 3 mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent tuman sudida bir guruh bank mansabdorlari ustidan sud jarayoni oʻtkazildi. Sud ishi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, Sh.R. “X” bank Keles filiali Chakana xizmatlar boʻlimi bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan. U yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan S.X. va boshqalar bilan oʻzganing pul mablagʻlari evaziga shaxsiy boylik orttirish maqsadida bir gurux boʻlgan xolda oʻzaro jinoiy til biriktirgan.U turli fuqarolar nomiga karta va anketalar ochgan holda kredit mablagʻlarini fuqarolarning nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib yuborib, 159,0 mln. soʻmlik kredit pul mablagʻlarini naqdlashtirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.U kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganligini yashirish maqsadida kredit yigʻma hujjatlarini qasddan nobud qilib, filialning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan hujjatli taftishga taqdim etmagan.

Sudlanuvchi S.X. Keles filialda yetakchi mutaxassis lavozimida ishlab kelib, tashkilotning mansabdor shaxsi boʻla turib, 2020 yil davomida kredit mablagʻlarini fuqarolarning nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib yuborib, 83 mln. soʻmlik kredit pul mablagʻlarini naqdlashtirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sudlanuvchi Yo.A "X" bank Keles filiali Chakana xizmatlar boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.U fuqarolar nomiga kredit va maishiy texnikalar olish boʻyicha limit ajratib 76,0 mln. soʻmlik kredit pul mablagʻlarini naqdlashtirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Yana bir bank amaldori S.N esa kredit mablagʻlarini fuqarolarning nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib olib, 98,0 mln. soʻmlik kredit pul mablagʻlarini naqdlashtirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Barcha ayblanuvchilar sudda oʻz aybiga qisman iqror boʻldi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, sudlanuvchilarga jazo tayinlash masalasini muhokama qilinib, ularning jinoiy harakatlari ogʻir jinoyatdan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatga qayta malakalanganligi, jinoyat sodir qilingan kundan hukm chiqarish vaqtiga qadar 4 yil muddat oʻtganligini inobatga olindi. Natijada ular jazodan ozod etildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid