platina.uz
Siyosat

Siyosatchi: "Toshkent parlament diplomatiyasining poytaxtiga aylanadi"

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi oʻtkaziladi. 

Siyosatchi: "Toshkent parlament diplomatiyasining poytaxtiga aylanadi"

2025 yil 4 aprel kunidan 9 aprel kuniga qadar Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari oʻtkaziladi.

Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong mazkur siyosiy tadbirdan avval oʻz fikrlarini bildirdi.

"Biz hozirgina Oliy Majlis Senati Raisi, janob Tanzila Narbayeva bilan juda muhim uchrashuvni yakunladik. Ushbu uchrashuv davomida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan Assambleyaga tayyorgarlik masalalarini koʻrib chiqdik.

Men bu yigʻilishni “Yubiley Assambleyasi” deb atayman, chunki bu — Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi boʻlib, ilk bor ushbu mintaqada — Oʻzbekistonda oʻtkazilmoqda", deydi u.

Mazkur yigʻilish gender tengligi borasida muhim yilga toʻgʻri kelmoqda.

"Shuningdek, ushbu imkoniyatdan foydalanib, Oʻzbekiston rasmiylarini yoshlarning siyosiy hayotdagi ishtirokini oshirish borasida erishgan yutuqlari bilan tabriklamoqchiman.

Men bu yerga ilk kelganimda, yoshlarning ishtiroki juda past edi, ammo hozirda bu koʻrsatkich sezilarli darajada oshgan. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy jarayonlarda inklyuzivlikni taʼminlashga qaratilgan choralari eʼtiborga loyiqdir.

Bu hafta Toshkentga qariyb 2000 nafar mehmon kelishi kutilmoqda. Shuni aytmoqchimanki, bu hafta davomida Toshkent parlament diplomatiyasining poytaxtiga aylanadi. Bu yigʻilish global hamjamiyat duch kelayotgan muammolar, ziddiyatlar va nizolarni muloqot orqali hal qilish mumkinligini koʻrsatuvchi namunaga aylanadi. Ayni vaqtda dunyo murakkab muammolar, urushlar va ziddiyatlar girdobida qolayotgan bir paytda, ushbu assambleyaning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi mamlakat rahbariyatining koʻp tomonlama hamkorlik va parlament diplomatiyasini rivojlantirishga boʻlgan sodiqligini koʻrsatadi. Bu uchun Parlamentlararo Ittifoq juda minnatdordir".

Siyosatchiga koʻra, tadbirlarda “Toshkent Deklaratsiyasi” deb nomlanuvchi asosiy bayonotni qabul qilinadi.

Ushbu deklaratsiya Parlamentlararo Ittifoq uchun yoʻl xaritasi boʻlib xizmat qiladi va ijtimoiy taraqqiyot hamda ijtimoiy adolatni targʻib qilishda bajariladigan ishlar uchun asos boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid