DXX Bosh boshqarmasi boshligʻi Agʻzam Izbosarov vafot etdi
U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni hamda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.

DXX Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan polkovnik Izbosarov Agʻzam Faxriddinovich vafot etdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Izbosarov Agʻzam Faxriddinovich texnika fanlari nomzodi (PhD), texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega.
U 2005 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni hamda 2021 yilda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.




