platina.uz
Jamiyat

Ayrim zapravkalarda metan narxi 4100 soʻmgacha oshdi

Benzin va gaz mahsulotlariga aksiz soligʻi 10 foizgacha koʻtarilgan. 

Ayrim zapravkalarda metan narxi 4100 soʻmgacha oshdi

Oʻzbekistondagi ayrim zapravkalarda metan gaz narxi 4100 soʻmgacha oshdi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.

Narxlar oshishi 1 apreldan kuzatilgan.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Respublikaning hududlari kesimida narxlarning asossiz oshirilishi, raqobatga qarshi kelishuvlarning oldini olish maqsadida monitoring ishlari olib borilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Qonuniga asosan 1 apreldan boshlab aksiz soligʻi miqdorlariga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, benzin va gaz mahsulotlariga aksiz soligʻi 10 foizgacha oshgan. Qoʻmita nnarxlarning asossiz oshirilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid