Yevropa Ittifoqi AQSh boj tariflariga javob berishga tayyor
Samarqandda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oldidan Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bu haqda maʼlum qildi.

Yevropa Ittifoqi Donald Trampning boj tariflariga javob qaytarishga tayyor, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Samarqanddagi sammit oldidan.
Bugun Samarqandda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boshlanadi. Yevropa komissiyasi prezidenti Donald Tramning 180 dan ortiq mamlakatga bojlar joriy etish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
“Biz bojlarga javoban birinchi chora-tadbirlar paketini tayyorlayapmiz”, dedi u.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Yevropa oʻz manfaatlari va biznesni himoya qilish uchun qoʻshimcha chora-tadbirlarga ham tayyorgarlik koʻrayotgani aytildi.
Avvalroq Donald Tramp AQShga import qilinadigan tovarlarning koʻpchiligiga 10 foizlik minimal bojni eʼlon qilgandi, ularning orasida Oʻzbekiston uchun 10%.