platina.uz
Jahon

Tramp Oʻzbekiston va yana 180 davlatga import tariflari joriy etdi

Oʻzbekistonga qarshi 10 foizlik tariflar qoʻllaniladi. 

Tramp Oʻzbekiston va yana 180 davlatga import tariflari joriy etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston va 180 dan ortiq boshqa mamlakatlarga bojlar joriy etilishini eʼlon qildi.

Tramp Oq uyda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida qator davlatlar, jumladan Oʻzbekiston va uning qoʻshnilari uchun ham bojlar joriy etilishini eʼlon qildi. Rossiya bu roʻyxatda qayd etilmagan.

Sobiq SSSR mamlakatlari uchun quyidagi tarif stavkalari joriy etildi:

Moldova - 31%

Qozogʻiston - 27%;

Armaniston - 10%;

Ozarbayjon - 10%;

Gruziya - 10%;

Oʻzbekiston – 10%;

Turkmaniston - 10%;

Qirgʻiziston - 10%;

Tojikiston - 10%;

Eng yuqori bojlar - 50% - Lesoto va Fransiyaning xorijdagi Sent-Per va Mikelon hududiga yuklanadi.

Bu qaror Trampning butun dunyoga qarshi savdo urushi boshlaganini anglatadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid