platina.uz
Iqtisod

“Tashabbusli byudjet”da yana 33 ta loyiha gʻolib deb topildi

Ushbu loyihalar uchun qoʻshimcha 7,5 mlrd soʻm ajratilgan. 

“Tashabbusli byudjet”da yana 33 ta loyiha gʻolib deb topildi

“Tashabbusli byudjet”da 33 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga koʻra, gʻolib boʻla olmagan 33 ta loyiha uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan gʻolib boʻlmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 7,5 mlrd soʻm ajratilib, 33 ta loyiha qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topildi.

Maʼlumot uchun: amaldagi tartibga koʻra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha tarzda gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolati berilgan.

Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid