Oʻzbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
Ushbu bank Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy instituti sanaladi.

Oʻzbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida mamlakatimizda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini taʼsis etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
1958 yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining yetakchi moliyaviy institutidir.
Taʼkidlash joiz, ofisning Toshkent shahrida ochilishi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda "yashil" iqtisodiyot, innovatsion sanoat va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini oshirish imkonini beradi.