Oʻzbekiston FIFA reytingida balandladi
Oʻtgan mart oyida Oʻzbekiston Qirgʻizistonni magʻlub etdi, Eron bilan durang oʻynadi.

Oʻzbekiston FIFA reytingida yuqoriladi.
FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan bir pogʻona yuqorilab, 57-oʻrindan joy oldi.
Shuningdek, milliy jamoa Osiyo jamoalari orasida 6-oʻrinni band etgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mart oyida Oʻzbekiston Qirgʻizistonni magʻlub etdi, Eron bilan durang oʻynadi.