Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun muhim hamkor – Ursula fon der Lyayen
U Markaziy Osiyo uchun Team Europe tashabbusi doirasidagi investitsiya paketini eʼlon qilishini aytgan.

Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun muhim hamkor ekanini bildirdi.
3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida oʻtadigan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi sammiti oldidan u Markaziy Osiyo uchun Team Europe tashabbusi doirasidagi investitsiya paketini eʼlon qilishini aytgan. Ushbu muhim hujjat transport, oʻta muhim xomashyo resurslari, raqamli tarmoq, suv va energiya transporti kabi toʻrt asosiy yoʻnalishga qaratilgan.
Bugun Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida Ursula fon der Lyayen bilan suhbat oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston va YeI oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, 4 aprel kuni boʻlib oʻtadigan mintaqalararo sammit va iqlim forumini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqilgan.